1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi
1994 yil noyabr – xorijiy sarmoyadorlarga siyosiy qaltisliklardan sug‘urta himoyasini taqdim etish bo‘yicha “O‘zbekinvest International” (London sh.) qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
1995-1996 yillar – Bugungi kunda Respublikaning barcha viloyatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy filiallar va vakolatxonalar tarmog‘i tashkil etildi.
1997 yil fevral – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “O‘zbekinvest” kompaniyasi eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi.
2016 yil - “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta bozorida birinchi bo‘lib ISO 2008 standart versiyasidan ISO 2015 standart versiyasiga muvaffaqiyatli o‘tdi
2017 yil - kompaniya boshqaruvidagi o‘zgarishlar - R.Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi
2018 yil - “O‘zbekinvest” kompaniyasi Farg‘ona shahrida yangi filial binosini ochdi
2019 yil 19 aprel kuni “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi va K-SURE rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida “O‘zbekinvest” NKEIS va K-SURE o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. K-Sure va NKEIS “O‘zbekinvest” Bern Ittifoqi – Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalovchilar xalqaro ittifoqiga a’zo hisoblanadi.
2020 yil - “O‘zbekinvest” pandemiya davrida “Mehribonlik va ko‘mak” va “O‘zbekiston mehr va salomatlik” jamg‘armalari bilan hamkorlikda aholiga yordam ko‘rsatish borasida faol ish olib bormoqda.
2021 yil 18 fevral kuni “A. M. Best Company” (AQSh) xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasiga rasman kredit reytingini berdi. “O‘zbekinvest” milliy moliya bozorida “barqaror” prognozli “bb” moliyaviy barqarorlik reytingini olgan birinchi kompaniya bo‘ldi.